Bu sahifa brauzerda ochilsa, modullar birma-bir ko'rsatiladi va oxirida test topshiriladi. Hozir siz hamma modulni ketma-ket o'qiy olasiz โ testni topshirish uchun faylni Chrome yoki Safari brauzerida oching.
Ishga tayyorgarlik
Birinchi o'quvchingizni olishdan oldin
Sakkizta qisqa modul โ ish qanday tashkil qilingani, qancha ishlashingiz va nima talab qilinishi. Oxirida qisqa test. Testdan o'tgan zahoti sizga sinov darsi so'rovlari kela boshlaydi.
1-modul ยท Rol
๐ฏ Birinchi darsdan to'lovgacha โ siz
O'quvchiga qo'ng'iroq qilib, sinov darsi vaqtini operator kelishadi. Shundan keyingi hamma narsa โ darsni o'tish, narxni aytish, o'quvchini ushlab qolish โ sizning ishingiz. Barcha uchrashuvlar bitta so'z bilan ataladi: dars.
Ishning zanjiri
Darsni siz o'tasiz โ o'z metodingiz bilan
O'quvchini bitta qat'iy dasturga majburlamaymiz. Har bir odam boshqa narsa xohlaydi, shuning uchun qaysi material va usul unga mos kelishini o'zingiz tanlaysiz. O'quvchining o'z kitobi bo'lsa โ o'shandan davom etish afzal.
Ilova va undagi AI suhbatdosh โ qo'shimcha imkoniyat: o'quvchi darslar orasida mustaqil mashq qiladi. Bu majburiy emas, lekin natijani tezlashtiradi.
Nega narxni ham siz aytasiz
Qaror darsdan olgan taassurot issiq turganda qabul qilinadi. Dars tugab, o'quvchi telefonini qo'ysa, o'sha his tez soviydi: ertangi kun boshqa tashvishlar bilan boshlanadi va u "keyinroq" deb qo'yadi. Shuning uchun to'lov darsning oxirida, siz bilan birga rasmiylashtiriladi.
Oflayn markazda o'quvchiga birinchi taassurotni bino, uning dizayni va bezagi beradi. Onlaynda bularning hech biri yo'q. Bu yerda birinchi taassurotni faqat bitta narsa beradi โ siz uyg'otgan wow effekt va emotsiya.
2-modul ยท Jadval
๐๏ธ Qachon ishlashni o'zingiz tanlaysiz
Bo'sh vaqtingizni Work'dagi Jadval bo'limida belgilaysiz. Sinov darsi so'rovlari faqat shu ochiq soatlaringizga keladi.
Sizning haftangiz
Jadval qanday ishlaydi
- Har katak โ bir soatlik dars. Dars soat boshida boshlanadi: 09:00, 10:00 va hokazo. Kuniga 2 soat ham, 8 soat ham ochishingiz mumkin.
- Haftalik shablon har hafta takrorlanadi. Kelgusi 14 kunning istalgan kunini alohida o'zgartira olasiz: dam olish kuni qilish yoki qo'shimcha soat ochish.
- Haftasiga kamida 10 soat oching. Kam ochilgan jadvalga kam so'rov keladi.
Ochiq soat โ bu va'da
Siz ochgan soatga operator o'quvchini yozadi. Shuning uchun ochiq soatingizda ilovada bo'lishingiz shart.
- Rejangiz o'zgarsa, kamida 12 soat oldin yoping. 12 soatdan kam qolgan soatni jadval endi yopishga ruxsat bermaydi.
- Darsi yoki so'rovi bor soatni yopib bo'lmaydi. Avval so'rovga javob bering yoki darsni o'tkazing.
3-modul ยท Kunlik norma
โก Kuniga 100 faollik balli โ hammasi shu
Bu ball qanday yig'iladi, o'zingiz tanlaysiz: bir kuni sinov darslari ko'p bo'ladi, boshqa kuni doimiy darslar.
Faollik balli qanday yig'iladi
100 ga chiqish yo'llari: 4 soat onlayn + 2 ta sinov darsi, yoki 6 soat onlayn + 4 ta doimiy dars.
Ikki narsa har doim majburiy
- Har bir sinov darsining natijasini 24 soat ichida belgilang: to'lov qildi, rad etdi yoki kelmadi.
- Belgilangan darsga chiqish โ uni o'tkazmaslik eng og'ir jarima.
4-modul ยท Sinov darsi so'rovlari
๐ So'rov keldi โ birinchi qabul qilgan oladi
Operator o'quvchi bilan vaqtni kelishgach, so'rov o'sha soatda bo'sh bo'lgan barcha mentorlarga bir vaqtda ketadi.
So'rov qanday keladi
So'rov qoidalari
- So'rov faqat ochiq soatingizga va o'sha paytda boshqa darsingiz bo'lmasa keladi.
- Qabul qilish +2 ball beradi va norma uchun 5 faollik balli yozadi.
- Rad etish โ25 ball. Javob bermasangiz ham reytingingizga ta'sir qiladi. Ochiq soatda so'rovni rad etmaslik uchun โ bo'lmaydigan soatni oldindan yoping.
- Hech kim olmasa, operator mentorni o'zi tanlaydi. Qo'lda biriktirilgan dars ham sizning jadvalingizga tushadi.
Ikki oqim
Har bir o'quvchi o'zi tanlagan dastur bo'yicha keladi va kartada shu ko'rinib turadi:
- Gapirish, ish, sayohat, noldan
- Speaking oqimi
- Sertifikat, hujjat, chet el, imtihon
- IELTS oqimi
Speaking oqimida hamma mentor ishlaydi. IELTS oqimiga esa faqat darajasi tasdiqlangan mentorlar qo'yiladi โ u o'quvchi sizga kelgan bo'lsa, demak sizda ruxsat bor.
IELTS o'quvchisi sizga kelib qolsa
Bunday bo'ladi: odam formada "gapirish uchun" deb belgilaydi, suhbatda esa sertifikat kerakligi ma'lum bo'ladi. Yoki bu birinchi darsning o'rtasida ochiladi.
- Yashirmang va o'zingizda ushlab qolmang. Sertifikat tayyorgarligi alohida mahorat talab qiladi: imtihon formati, ball strategiyasi, vaqt taqsimoti.
- Rostini ayting. "IELTS tayyorgarligi bo'yicha alohida ustozlarimiz bor โ sizni o'shalardan biriga ulayman, u imtihon bo'yicha kuchliroq."
- Natijani belgilashda izohga yozing. Operator o'quvchini sertifikatli mentorga o'tkazadi va izohingiz u bilan birga ketadi.
- Dars boshlangan bo'lsa, uni oxirigacha o'tkazing. Darajasini aniqlab, yo'l xaritasini bering, keyin yangi ustozga ulang. Yarim yo'lda tashlab ketilgan odam umuman qaytmaydi.
- Suhbatda aniqlab, o'tkazdingiz
- +15 ball
- O'sha odam 14 kun ichida to'lov qildi
- +20 000 so'm
- Birinchi darsni o'zingiz o'tib, keyin o'tkazdingiz
- dars balli + 40 000 so'm
Prioritetingizga ta'sir qilmaydi. Noto'g'ri o'tkazilgan o'quvchi uchun (yangi mentor tekshiradi) ball berilmaydi.
Sinov darsi natijalari
- O'quvchi to'lov qildi
- To'lov qildi
- O'ylab ko'rmoqchi yoki qiziqmadi
- Rad etdi
- Darsga kirmadi
- Kelmadi
5-modul ยท Tayyorgarlik
๐งฐ So'rovni qabul qildingiz โ endi darsga tayyorlaning
O'quvchi bilan birinchi uchrashuv shu darsda bo'ladi. Uni kechiktirish yoki o'tkazib yuborish eng qimmat xato.
Darsdan oldin
Tayyorlanmay kirish
O'quvchi sizni birinchi marta ko'radi va "bu ham oddiy kurs" degan xulosa qiladi.
Izohni o'qib kirish
Maqsadini bilasiz, dars birinchi daqiqadan unga moslanadi.
To'rt qadam
- Operator izohini o'qing. Unda o'quvchining maqsadi, darajasi va qulay vaqti yozilgan bo'ladi.
- Darsdan 10 daqiqa oldin Work'dagi "Darsni boshlash" tugmasi ochiladi. Kamera, mikrofon va internetni oldindan tekshiring.
- Vaqtida kiring. 5 daqiqadan ortiq kechikish โ20 ball, darsga umuman chiqmaslik โ80 ball.
- Dars 1 soat. Diagnostika va narx gaplashilgan bo'lsa, 45-daqiqada yakunlash ham normal.
6-modul ยท Birinchi dars
๐ Birinchi dars โ bu diagnostika
45โ60 daqiqa. O'quvchining darajasini va ehtiyojini aniqlaysiz, keyin unga mos yo'lni ko'rsatasiz. Aynan shu darsda u "men shu odam bilan o'rganaman" degan qarorga keladi.
Birinchi darsning tuzilishi ยท 45โ60 daqiqa
XEI โ uch o'q
- Xohish โ o'rganishni sevadimi? O'z materiali bo'lsa, qiziqib gapirsa โ yuqori.
- Ehtiyoj โ qanchalik zarur? "Chetga chiqsam deyman" โ orzu; "hujjatlarim topshirilgan, iyunda ketaman" โ qaror.
- Imkoniyat โ to'lay oladimi? Hudud, ish, qurilma โ gap orasida bilinadi.
7-modul ยท Dasturlar va narx
๐ฐ Bitta narx jadvali โ haftada necha marta
Narx ustozga ham, dasturga ham bog'liq emas. Faqat haftadagi darslar soni hal qiladi.
Oylik narx ยท haftadagi darslar soniga qarab
Haftada 6 martadan ko'p yo'q. Oyiga darslar = haftada ร 4.
Speaking
Kundalik ingliz tili, suhbat, noldan boshlash
Ustoz talabi: B2 ยท IELTS 6.0โ6.5 dan yuqori
IELTS / CEFR tayyorgarlik
Sertifikat, ball, imtihon strategiyasi
Ustoz talabi: C1 ยท IELTS 7.5+, tasdiqlangan
Narxni qanday tushuntirasiz
Oylik summani quruq aytish eng katta xato. Odam "450 000" ni eshitadi va uni bitta to'lov deb tasavvur qiladi. Narxni bitta darsga bo'lib ayting โ shunda u taqqoslay oladigan raqamga aylanadi.
Narx aytish
[ISM], sizning holatingizda haftada ikki marta eng to'g'ri bo'ladi. Bu oyiga 450 000 so'm โ ya'ni bitta dars 56 250 so'mga tushadi. Yakkama-yakka, faqat siz bilan, sizning materialingiz bo'yicha.
Shundan keyin jim turing. Birinchi gapirgan yon beradi.
Narx ichida nima borligini ayting
- Yakkama-yakka dars. Guruhda emas โ butun vaqt faqat sizga tegishli.
- Sizga moslangan dastur. Material sizning darajangiz va maqsadingizga qarab tanlanadi, bitta umumiy kitob emas.
- Vaqtni o'zingiz tanlaysiz. Markazga borish, yo'l vaqti va yo'lkira yo'q.
- Doimiy nazorat. Har darsda xatolaringiz yopiladi, darslar orasida ilovada mashq qilasiz.
"Qimmat" deyilsa
Bu darsdan keyingi eng ko'p uchraydigan e'tiroz. Uchta javob bor, shu tartibda:
- 1. Sababni aniqlang
- "Nimasi qimmat tuyuldi โ summasimi yoki hozircha qiyinmi?"
- 2. Bitta darsga bo'ling
- "Bitta dars 56 250 so'm โ repetitor narxidan past"
- 3. Tarifni pasaytiring
- "Haftada 1 martadan boshlaymiz โ 350 000"
To'rt qoida
- Narxni aytib bo'lgach jim turing. Birinchi gapirgan โ yon beradi.
- Uzr so'ramang. "Atigi", "jami-yo'g'i" kerak emas.
- Chegirma so'ralsa narxni emas, haftadagi dars sonini kamaytiring. Eng past narx โ 350 000 so'm.
- To'lovni hoziroq, o'quvchi ekranda turganida qildiring.
8-modul ยท Daromad va o'sish
๐ O'quvchi to'lovining 60% dan 85% gachasi sizniki
Ulush rankka bog'liq, rank esa ball, reyting va o'quvchi soniga.
Rank โ obunadan oladigan ulushingiz
Uchta raqam
- Ball โ qancha ishladingiz. Rank va leaderboard uchun.
- Reyting (0โ100 ball) โ qanday ishladingiz. Retention 35, kunlik norma 25, o'quvchi bahosi 25, progress 15. Rank shartlari: Senior 92, Expert 94, Master 96, Legend 98.
- Prioritet โ ertaga qancha o'quvchi olasiz.
O'quvchi bahosi
Har darsdan keyin o'quvchi 1 dan 5 gacha yulduz qo'yadi. Bu reytingingizning to'rtdan birini tashkil qiladi.
- 5 yulduz
- +10 ball
- 4 yulduz
- +3 ball
- 1โ2 yulduz
- โ20 ball
Qat'iy qoidalar
- Tizim so'raganda 10 soniyalik 360 graduslik video yuborasiz.
- Texnik talab: zamonaviy smartfon, barqaror internet, tinch muhit.
- Hamyondagi pulni ishlagan kuningizning ertasiyoq yechib olasiz.
Yakuniy test
โ๏ธ 16 savol ยท o'tish uchun 13 ta to'g'ri javob
Hamma javob modullar ichida bor. Xato qilsangiz, qaysi modulga qaytish kerakligi ko'rsatiladi.