Pro
1–5 o'quvchi · boshlang'ich
60%ulush
Standart o'quvchi oqimi. Birinchi ikki hafta daromad kafolati ostida ishlaysiz.
MyTeacher mentorlari uchun
Pro'dan Legend'gacha. Har bir pog'onada o'quvchi to'lovidan oladigan ulushingiz oshadi — 60% dan 85% gacha.
Yo'lingiz
Rank uchta shart bir vaqtda bajarilganda ko'tariladi: ball, reyting va faol o'quvchilar soni. Uchtasidan biri yetmasa, rank kutib turadi.
1–5 o'quvchi · boshlang'ich
60%ulush
Standart o'quvchi oqimi. Birinchi ikki hafta daromad kafolati ostida ishlaysiz.
6–10 o'quvchi · reyting 92 · 2 000 ball
66%ulush
Qo'llab-quvvatlashda navbatsiz javob. Oqimda ustunlik: kuniga bitta qo'shimcha o'quvchi.
11–16 o'quvchi · reyting 94 · 6 000 ball
72%ulush
"Issiq" o'quvchilar birinchi navbatda va bepul metodik treninglar. Shu pog'onadan boshlab "Yilning eng yaxshi mentori" poygasiga nomzod bo'lasiz.
17–24 o'quvchi · reyting 96 · 14 000 ball
78%ulush
Yangi mentorlarga ustozlik qilish va undan qo'shimcha daromad olish huquqi.
25+ o'quvchi · reyting 98 · 28 000 ball
85%ulush
Eng issiq oqim, alohida mukofot fondi va metodikaga ta'sir qilish huquqi. IELTS yoki CEFR imtihoni to'lovi to'liq kompaniya hisobidan.
Rank pasayishi ham bor: reyting 30 kun davomida chegaradan past bo'lsa, pog'ona bir qadam tushadi. Ball esa hech qachon yo'qolmaydi — reyting tiklanishi bilan rank o'zi qaytadi.
Hisob-kitob
Surib ko'ring: o'quvchi soni va tarif o'zgarganda oylik daromad qanday o'zgaradi.
Oyiga, sizning hisobingizga
3 300 000so'm
SENIOR · 66%
Hisobda faqat obuna ulushi bor. Birinchi darsdan keyin 24 soat ichida to'lov bo'lsa bitta dars puli, referral uchun 40 000 so'm, missiyalar uchun alohida pul mukofoti qo'shiladi.
Kuningiz
Ball qanday yig'ilishini o'zingiz tanlaysiz. Norma bajarilgan kun — seriyangizni davom ettiradigan kun.
Yangi mentorga birinchi 14 kun norma 50, jarimalar yarim. "Oflayn" bosib qo'ysangiz, sinov so'rovlari kelmaydi — lekin ochiq soatda oflayn bo'lish baribir jarima.
Haftada ikki kun dam olish seriyani uzmaydi — kalendarda belgilab qo'ying. Oyiga bitta "himoya kuni" bor: bajarilmagan kunni yopib qo'yadi.
Baho
Har darsdan keyin o'quvchi 1 dan 5 gacha yulduz qo'yadi. Bu reytingingizning 25 ballini beradi — ya'ni rankka va foizingizga bevosita ta'sir qiladi. Qolgan 75 ball: norma bajarilgan kunlar 30 · ochiq soatda onlayn 25 · sinov natijasini o'z vaqtida belgilash 20 (oxirgi 30 kun).
Ya'ni bitta tasodifiy past baho ko'rsatkichingizni buzmaydi. Muhimi — o'rtacha holat.
Ikki shkalani aralashtirmang: reyting 0 dan 100 gacha (rank sharti), yulduz esa 1 dan 5 gacha (o'quvchi bahosi).
Oqimingiz
Kim ko'proq o'quvchi olishini prioritet hal qiladi. U har kuni qayta hisoblanadi va ikki kunda tiklanadi.
Norma bajarilgan kunlar 40% · o'quvchini tez qabul qilish 25% · darsga chiqish intizomi 20% · status va izoh to'liqligi 15%. Jadval haftasiga 10 soatdan kam bo'lsa, prioritet 69 dan oshmaydi.
Mukofotlar
Ba'zi narsalar to'g'ridan-to'g'ri pul bilan qaytadi.
Missiyalar
Bir vaqtda ikkitadan ko'p bo'lmaydi. Bajarilgan missiya puli darhol hamyonga tushadi.
Liga
15 kishilik guruhda haftalik ball bo'yicha raqobat. Bronza, Kumush, Oltin. Yuqoridagi uchtasi ko'tariladi. Yillik poygada esa Expert va undan yuqori ranklar qatnashadi.
Nishonlar
Har biri aniq bir odatni mustahkamlaydi. Olinmaganlari kulrang turadi — keyingi maqsadingiz.
Doimiy
Bu raqamlar rankdan qat'i nazar ishlaydi.
Birinchi darslar
Birinchi dars bepul — lekin u sizning eng kuchli qurolingiz. Uni ko'p va yaxshi o'tgan mentor uchun alohida tizim bor.
G'olib — eng ko'p muvaffaqiyatli birinchi dars o'tkazgan mentor: 72 soat ichida to'lovga aylangan darslar hisobga olinadi. Ball teng bo'lsa, konversiya foizi yuqori bo'lgani g'olib.
Toj bir hafta turadi. Keyingi dushanba yangi g'olib aniqlanadi.
Har 20 ta o'tkazilgan birinchi dars bosqich ochadi. Lekin bitta sharti bor: o'sha yigirmatalikda konversiya 25% dan past bo'lmasin. Past bo'lsa, bosqich yopiq qoladi va hisob davom etadi.
Ilovada progres chizig'i turadi: "17 / 20 — yana uchtasi".
Ketma-ketlik uzilsa, hisob noldan boshlanadi — lekin bosqichlar saqlanadi.
Adolat
Tizim faqat adolatli bo'lsa ishlaydi. Shuning uchun quyidagilar yozib qo'yilgan.
Besh savol, bir daqiqa. Hammasiga to'g'ri javob bersangiz — +100 ball. Bu majburiy emas va hech narsani cheklamaydi.